ÖzA muxbiri mamlakatimizda Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni bilan tanişayotgan xalqaro kuzatuvçi, Boltiq xalqaro akademiyasi prorektori Inna Stetsenko bilan suhbatlaşdi.
– Inna Petrovna, aytingçi, Özbekiston Prezidenti saylovida siyosiy partiyalarning roli oşirilgani qanday ahamiyatga ega?
– Özbekistonda Prezident saylovida siyosiy partiyalarning roli oşirilgani demokratik islohotlarni çuqurlaştirişga qaratilgan prinsipial qadamlardan biridir. Uşbu saylov jarayonida siyosiy partiyalarning saylovda qatnaşişi uçun qonun asosida yengillik berilgan.
Mamlakatingizda konstitutsiyaviy asosda hokimiyatning qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyatiga bölinişi prinsipi mavjudligi ham ular örtasidagi munosabatlarda özaro tiyib turiş va manfaatlar muvozanatini ta'minlaydigan samarali tizim barpo etilganini körsatadi. Bundan kelib çiqadiki, har bir soha öz işi bilan mustaqil ravişda, çuqurroq şuğullanadi va öz yönalişida köproq yutuqlarga erişadi va bu mamlakat rivojida muhim örin tutadi.
Mavjud törtta siyosiy partiya ham öz yönalişi va maqsadlariga ega. Saylov kampaniyasi jarayonida ularning barçasiga qonunga muvofiq teng va keng şart-şaroit yaratilgan. Toşkent şahri va Sirdaryo viloyatining bir neça hududlarida bölganimda buning amaliy ifodasini kördim.
Özbekistonda uşbu sohada qabul qilingan huquqiy-me'yoriy hujjatlar saylovning adolatlilik, oçiqlik, oşkoralik va transparentlik prinsiplari asosida ötişiga şaroit yaratgan.

– Prezidentlikka nomzodlar örtasida raqobat muhitini qanday baholaysiz?
– Saylov jarayonida soğlom raqobat eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Saylov kampaniyasi davomida barça partiyalardan körsatilgan nomzodlarga bir xil şart-şaroit ta'minlab berilgani, bu jarayonning monitoring qilib borilayotgani, bunga nafaqat milliy, balki xorijiy kuzatuvçi va ekspertlar ham jalb etilgani eng yuqori demokratik talablarga muvofiq keladi.
Qayerda saylovga oid reklama vositalari, bannerlar bölsa, barçasida törtta nomzodning bir xil darajada tarğib etilayotganini kuzatiş mumkin. Ularning heç biriga alohida yondaşuv yoki qandaydir çeklaşlar mavjudligini uçratmadim.











