Zuhra Ilohiyon Eronda ötkaziladigan navbatdan taşqari prezidentlik saylovida röyxatdan ötgan birinçi ayol böldi. Bu haqda Mehr agentligi xabar berdi. 

«Hukumatimning asosiy şiori - «soğlom hukumat, soğlom iqtisodiyot va soğlom jamiyat» böladi», dedi u röyxatdan ötgaç. 

Şu bilan birga, Eron parlamentining sobiq rahbari Ali Larijoniy, mamlakat Markaziy bankining sobiq rahbari Abdunnosir Himmatiy, Eron Oliy rahbarining parlamentdagi vakili Said Jaliliy va Islom inqilobi qöriqçilari korpusining sobiq qömondoni, general Said Vohid Haqqoniyon kabi taniqli siyosatçilar ham öz nomzodini röyxatdan ötkazgan. 

Ulardan taşqari, sobiq soğliqni saqlaş va tibbiy ta’lim vaziri Mas’ud Pizişkiyon, sport va yoşlar işlari vaziri sobiq örinbosari Ahmad Rasulinajod, Demokratik partiya boş kotibi Mustafo Kavokibiyon, Mustaqillik va tenglik partiyasi boş kotibi Qudratali Hişmatiyon, amaldagi parlament a’zolari Muhammadrizo Sabbaqiyon, Abbos Muqtadiy va Muhammad Xuşçehra, şuningdek, sobiq parlament a’zosi Mahmud Ahmadi-Biqoş ham röyxatga olingan. 

Yangi prezidentlik saylovi, Eron konstitutsiyasining 131-moddasiga köra, prezident vafot etgan yoki muomalaga layoqatsiz deb e’lon qilingan va uning vazifalari birinçi vitse-prezidentga ötganidan keyin 50 kun içida ötkazilişi kerak. Hozir bu lavozimni Muhammad Muxbir egallab turibdi. 

Tasdiqlangan saylov taqvimiga köra, nomzodlarni röyxatga oliş 30 maydan 3 iyunga qadar, nomzodlarning talablarga muvofiqligini tekşiriş esa 4-10 iyun kunlari amalga oşiriladi. Nomzodlarning yakuniy röyxati 11 iyun kuni e’lon qilinadi, deyiladi agentlik xabarida. 

Saylovoldi taşviqoti ikki hafta davomida – 12 iyundan 26 iyungaça davom etadi. Prezidentlik saylovi 28 iyun kuni bölib ötadi. Ikkinçi tur, agar zarurat tuğilsa, 5 iyul kuniga belgilanadi.