AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harris Demokratik partiya qurultoyida delegatlar tomonidan 2024 yilgi saylovda prezidentlikka rasman nomzod qilib körsatilişi uçun yetarli ovoz töpladi. Bu haqda AP xabar berdi.

«Ovoz beriş jarayoni «unga köpçilik ovoz berib böldi» deb aytilişi mumkin bölgan çegarani kesib ötdi», deyiladi agentlik bayonotida.

Biroq, eslatilişiça, ovoz beriş jarayoni faqat 5 avgust oqşomida (Toşkent vaqti bilan 6 avgust soat 3:00 da) tugaydi.

Demokratik partiya qurultoyidagi elektron saylov byulletenlarida faqat Kamala Harrisning ismi körsatilgan. Rasmiy ravişda prezidentlikka nomzod sifatida körsatilişi uçun uni kamida 1976 nafar delegat qöllab-quvvatlaşi kerak edi.

Partiya ma’lumotlariga köra, avvalroq mamlakatning turli mintaqalari vakili bölgan 3923 nafar delegat Harris nomini saylov byulleteniga qöyişni sörab murojaat qilgan.

Şunday qilib, Harrisning nomzod sifatida rasman tasdiqlanişi 19 avgust kuni Çikagoda oçiladigan Demokratik partiya konvensiyasidan (qurultoyidan) ikki hafta oldin yuz berişi mumkin. U yerda ham ovoz beriş jarayoni bölib ötadi, biroq faqat rasmiyatçilik xarakterga ega böladi.

AQŞ prezidenti saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan.