BMT boş kotibi Pan Gi Mun Haiti aholisidan taşkilot tinçlikparvar kuçlarining orolda 2010 yilda vabo tarqatişga aloqasi bölgani yuzasidan rasman uzr söradi.

"BMT kişilarning halok bölgani va vabo bezgagi sabab jabr çekkanidan çuqur afsusda. Biz kasallik paydo bölişi va uning tarqalişiga oid işlarni yetarli darajada samarali olib bormadik. BMT nomidan şuni aytişim mumkinki: biz Haiti xalqidan uzr söraymiz", — ma'lum qildi Pan Gi Mun BMT Boş assambleyasining Haiti böyiça maxsus sessiyasida.

Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, 2010 yildagi vabo epidemiyasi umumiy hisobda 700 ming haitiliklarni qamrab olgan. U tufayli 8,4 ming kişi vafot etdi. Mahalliy aholining fikriça, kasallik BMT tomonidan Haitiga tinçlikparvar kuçlar sifatida yuborilgan Nepal harbiy xizmatçilari tomonidan tarqatilgan. Ularni BMT bazasidagi kanalizatsion suvlar orqali davlatning asosiy daryosini ifloslantirişda ayblaşgan.