Nomoddiy madaniy meros böyiça Hukumatlararo Qömita 1 dekabrda palov bilan boğliq an'analarni YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritdi. 

Qömitaning navbatdagi yiğilişi Addis-Abebada (Efiopiyada) 28 noyabrdan 2 dekabrga qadar bölib ötmoqda.  Yiğiliş davomida palov bilan boğliq an'analarni YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritiş haqida qaror qabul qilindi. 

Palov - özbek oşxonasining eng katta yutuqlaridan biri va aholining sevimli taomi. Özbek oşxonasining köp asrlik rivoji davomida palov tayyorlaşning önlab usullari paydo böldi. 

Har bir mintaqa öziga xos palov tayyorlaş usuliga ega. Özbekistondagi oilalarning aksariyatida nafaqat özbek millati vakillari, balki şu yerda yaşovçi boşqa millat vakillari ham heç bölmaganda haftada bir marta (köpinça payşanba kuni) palov tayyorlaşadi. Bu öziga xos an'anaga aylangan.