Avval xabar qilinganidek, Strasburg şahridagi Yevropa parlamentida mamlakatimizning Fransiya, Belgiya va Germaniyadagi elçixonalari hamkorligida taşkil etilgan “Özbekistonda Prezident saylovi: Saylov kampaniyasi - 2016” mavzusida davra suhbati bölib ötdi.

Özbekistonda saylovga tayyorgarlik jarayonlari, Prezidentlikka törtta partiyadan ilgari surilgan nomzodlarning saylovoldi dasturlari hamda saylov qonunçiligini xalqaro huquqning umume'tirof etilgan me'yorlari va andozalariga mos holda takomillaştiriş borasida olib borilgan işlar bilan tanişgan Yevropa parlamenti a'zolari mamlakatimizda fuqarolarning muhim siyosiy huquqi - ovoz beriş huquqining erkin amalga oşirilişi borasida erişilgan yutuqlar haqidagi öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdilar.

Mişel Danten, Yevropa parlamentining Fransiyalik  deputati:

- 4 dekabr kuni Özbekistonda mamlakatning törtta siyosiy partiyasidan nomzodlar iştirok etadigan Prezident saylovi bölib ötadi. Eng muhimi - ularning har biri aniq şakllantirilgan öz saylovoldi dasturiga ega.

Şubhasiz, uşbu saylov davlatning kelajagini belgilab beradi. Özbekiston va Fransiya  örtasidagi hamkorlikni yuksak baholayman va Prezident saylovidan keyin ham özaro munosabatlarimiz sifat jihatidan yangi bosqiçga çiqişini istardim. Şemberi şahrining meri sifatida ta'kidlaşim joizki, biz Özbekiston bilan mustahkam iqtisodiy aloqalarni qöllab-quvvatlaymiz va uşbu munosabatlarning yanada kengayişidan manfaatdormiz.

Antonio Mirinyu i Pintu, Yevropa parlamentining Portugaliyalik deputati:

- Bölib ötadigan Özbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik fuqarolarning saylov faolligi hamda ularning öz ovoz beriş huquqlaridan erkin va ongli ravişda foydalanişga intilayotganlarini namoyon etmoqda.

Mamlakatingizda saylov kampaniyasi Özbekiston Konstitutsiyasi va “Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida”gi Qonunga hamda saylov jarayonlarining oçiq va halol ötişiga xizmat qiluvçi umume'tirof etilgan xalqaro me'yorlar va demokratik tamoyillarga töla mos holda amalga oşirilayotgani juda muhimdir.

Şu munosabat bilan, özbek xalqiga davlat rahbari lavozimiga saylovning muvaffaqiyatli ötkazib olişini va mamlakatingizda hamişa barqarorlik, tinçlik va hamjihatlik bardavom bölişini tilayman.