AQŞ Davlat departamenti va Oq uy vakillari Şimoliy Koreya bilan noqonuniy biznes olib borayotgan va şu tariqa Pxenyanga qarşi kiritilgan sanksiyalarni buzayotgan Xitoy kompaniyalariga sanksiyalar kiritişga va'da berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Biz Xitoy rezolyutsiyani bajarişiga umid qilamiz, biroq Xitoy kompaniyalari uni buzib, Şimoliy Koreyada biznes yuritsalar, çeklovlar ostiga tuşgan tuzilmalarga yordam bersalar, xitoyliklar zarur çoralarni köradi deb işonib, ularga bu haqda xabar beramiz", deb aytdi AQŞ davlat kotibi Deniyel Rassel.

Rasselning qöşimça qilişiça, agar xitoyliklar kömak körsatişdan boş tortsalar, unda AQŞ hukumatida sanksiyalar kiritişdan boşqa çora qolmaydi.