AQŞdagi işsizlik darajasi noyabr oyida ötgan oyga nisbatan 0,3 punktga pasaygan va 4,6 foizni taşkil etdi, deyiladi AQŞ Mehnat vazirligi hisobotida. Bu sönggi töqqiz yil içidagi eng quyi körsatkiç böldi, deb aniqlik kiritgan Bloomberg agentligi.
Oylik statistika ma'lumotiga köra, jami işsizlar soni 7,4 mln kişini taşkil etgan. Aholining erkak qatlami orasidagi işsizlik 4,3 foizgaça pasaygan, ayollar orasidagi işsizlik deyarli özgarmagan 4,2 foizligiça qolgan. Ösmirlar orasidagi işsizlik darajasi 15,2 foizni taşkil etmoqda.
Bu xabar Reuters agentligi murojaat qilgan tahlilçilarning prognozlaridan yaxşiroq bölib çiqdi.
Mamlakat aholisining işçi kuçidagi hissasi 62,7 foizga qisqargan. Bu esa 1978 yildagi eng past körsatkiçga yaqindir.
Mehnat bozorining barqaror ösayotganiga oid ma'lumotlar esa, Federal zaxira tizimining dekabr oyidagi majlisida qayta moliyalaş stavkasini kötarişga yuz foizlik imkon beradi.












