Bir yil avval topilgan va "Alloh nişonasi" deb atalgan noyob qahrabo (yantar) bu yil 12 dekabrga töğri keladigan Muhammad payğambarimizning (s.a.v.) tavallud topgan kunlarida auksionda sotiladi. Auktsiondan tuşgan pullardan bir qismi saratondan aziyat çekuvçilarning davolanişiga sarflanadi, deb xabar berdilar tadbir taşkilotçilari "RIA Novosti" axborot agentligiga.
Bu noyob qahrabo ötgan yilning avgustida Boltiq dengizi böyida topilgan. U bu nomni unda mavjud bölgan ikkita tasvir sababli olgan. Tasvirlardan biri arab tilida "Alloh" degan yozuvga aynan öxşaydi, ikkinçi tasvir esa ona qornidagi 6-haftalik inson homilasini eslatadi.
Oçiq onlayn-auksion 12 dekabrda ötkaziladi. Noyob toşning boşlanğiç narxi 2 mln yevroni taşkil qiladi.
"Biz "Alloh nişonasi" toşi Allohdan qörquvçi va juda xudojöy odamning qöliga tuşişini istaymiz, bu bizning qat'iy pozitsiyamizdir. Şuning uçun biz stavkani tasdiqlaşdan oldin savdo ğolibi bilan yozma suhbat ötkazamiz", deb aytdi manba.
Uning aytişiça, bu toş uni qayta sotiş niyatida bölgan odamning qöliga tuşmasligi uçun qilinadi.
"Savdodan tuşgan mablağlardan bir qismi Rossiyadagi saraton bilan kasallanganlarni davolaşga ixtisoslaşgan jamğarmalardan birining hisob raqamiga ötkaziladi", deb aytdi tadbir taşkilotçisi.












