AQŞning Şimoliy Dakota universiteti va Smitsonlar instituti olimlari Antarktidada ikkita toşga aylangan qanotlarni topişdi, ular aniqlanişiça qönğizga tegişli bölgan. Bu haqda Popular Mechanics xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, toşqotgan qanotlar Janubiy qutbdan 550 km uzoqlikda Birdmor muzligida topilgan. Tahlillar qanotlarning yoşi 14 mln yildan 20 mln yilgaça ekanligini körsatgan.
Bu qanotlar sassiq qönğizlar turiga mansub ikki qönğizga tegişli bölgan. Qönğizga Antarctotrechus balli deb nom berişdi. Olimlar bu topilmani juda noyob deb ataşmoqda, çunki Antarktikada birinçi marotaba qazilma qönğiz topildi. Bu esa uşbu qit'ada million yillar avval issiq iqlim bölgani va hattoki daraxtlar ösganini isbotlaydi.












