Germaniyalik avtopoygaçi Niko Rosberg 2016 yil çempionatidagi ğalabasidan söng “Formula-1”dagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda sportçi Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilgan.

«Poygada ötkazgan 25 yillik faoliyatim davomida “Formula-1”da ğalaba qozoniş eng katta orzuim edi. Men Yaponiya Gran-prisida ğalaba qozonganimda, sovrin qölimda ekanini tuşundim. Mercedes ijroçi direktori Totto Volf meni tuşundi va qarorimni qabul qildi», - deya yozdi Rosberg.

Joriy mavsumdagi ğalaba 31 yoşli sportçi uçun umumiy hisobda qölga kiritilgan birinçi sovrindir. Eslatib ötamiz, Rosberg mavsum yakuniga köra birinçi örinni 27 noyabr kuni Abu-Dabi Gran-prisidagi ğalaba bilan naqd qildi.