Hindiston o‘z qiruvchi samolyotlariga muqobillarini qidirmoqchi
Hindiston harbiy-dengiz kuchlari aviatashuvchi kemalarda yangi Tejas qiruvchi samolyotlarini tortish kuchining og‘irlikka talablarga mos kelmasligi sababli qo‘llay olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Hindiston harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i Sunil Lanba 3 dekabrda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Admiral Tejas kemadan to‘liq bak va qurol bilan ucha olmayotganini va Hindiston endi Rossiyadan sotib olingan MiG-29K samolyotlariga qo‘shimcha ravishda boshqa samolyotlar izlayotganini aytgan. "Agar butun dunyo bo‘ylab qaralsa, tanlov uncha ham kattamas, bizga esa aviatashuvchi kemalar uchun samolyotlar iloji boricha tezroq kerak", deb aytgan Lanba.
Uning aytishicha, bu muammo 5-6 yil ichida hal qinishi kerak, chunki bu muddatdan keyin Hindiston HDK yangi "Vikrant" aviatashuvchi kemasini o‘z ixtiyoriga oladi.
2015 yilda Rossiyaning harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmatidagi manba "Vikrant"ning aviatsiyasi Rossiyaning MiG-29K/KUB qiruvchi samolyotlari va Ka-31 vertolyotlari bilan ta'minlanishini aytgandi. Shuningdek, kema aviatsiyasi tarkibiga 14 ta Tejas samolyoti va 10 ta vertolyot kirishi kutilgandi.
Birinchi Tejas Hindiston harbiy-havo kuchlariga 2015 yil yanvarida topshirilgan. Uning ishlab chiqarilishi 1983 yilda boshlangan va taxminan 140 mlrd rupiyga (2 mlrd dollar) aylangan.
Mavzuga oid
20:33
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024