Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi arafasida “Jahon” axborot  agentligining muxbiri Parijda Konstitutsiyaviy huquq xalqaro assotsiatsiyasining faxriy prezidenti, professor Dide Mos bilan suhbatlaşdi. 

- Men sizning gözal mamlakatingizda bir neça marotaba bölganman, konstitutsiya huquqini örganiş va parlamentarizm masalalariga bağişlangan xalqaro tadbirlarda iştirok etganman, - dedi u. - Bugun, özbek xalqi hayotidagi juda muhim voqea - Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida suhbatlaşar ekanmiz, bir jihatni ta'kidlaşni istar edim: zamonaviy Özbekistonni diqqat bilan örganuvçi ekspertlarning fikr bildirişlariça, respublika hokimiyatida böladigan özgarişlar heç qanday ijtimoiy larzalarsiz keçişiga hamda Prezident saylovi mamlakat Konstitutsiyasi va “Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida”gi qonunga qat'iy rioya etilgan holda ötişiga şubha yöq.

Jahondagi ilğor konstitutsiyaviy tajriba asosida hamda özbek xalqining an'analari va mentalitetini hisobga olgan holda işlab çiqilgan Özbekistonning Asosiy qonuni özida demokratik saylovlarni muhrlab qöygan.

1992-yili qabul qilingan mamlakat Konstitutsiyasi tufayli parlamentarizm instituti sezilarli darajada mustahkamlandi, ikki palatali parlament şakllandi va muvaffaqiyat bilan faoliyat körsatmoqda. Jamiyatning siyosiy va ijtimoiy taraqqiyotida Özbekiston Oliy Majlisining ahamiyati tobora oşib bormoqda.

Konstitutsiya bois Özbekistonda qonunçilik va ijro hokimiyati organlari bilan samarali hamkorlik, keng kölamli demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda. Bu fundamental hujjat demokratiya asosida mamlakatning tadrijiy va izçil rivojlanişini ta'minlamoqda. U respublika fuqarolariga ertangi kun uçun işonç bağişlaydi.

Şu bilan birga, mamlakatda tinçlik va barqarorlikni, millatlararo hamda dinlararo hamjihatlikni asraş va mustahkamlaşda Özbekiston Konstitutsiyasi muhim örin tutişini ham qayd etişni istar edim.

Işonçim komilki, Özbekiston respublikaning Birinçi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida işlab çiqilgan Konstitutsiyada öz ifodasini topgan tamoyillarga tayangan holda bundan keyin ham taraqqiyot va farovonlik yölida öz salohiyatini namoyon etaveradi.

Fursatdan foydalanib, özbek xalqini, Toşkent, Samarqand, Buxoro, Farğona vodiysidagi barça hamkasblarimni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi bilan çin dildan muborakbod etar ekanman, demokratik taraqqiyot va farovonlik yölida bardavom muvaffaqiyatlar tilayman.