OPeK taşkilotga a'zo bölmagan mamlakatlar bilan böladigan uçraşuvni ötkaziş uçun joy nomini hamon aniqlaştirganiça yöq. Bu haqda BAA energetika vaziri Suhayl al Mazruiy ma'lumotiga asoslanib, «Blumberg» agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, muzokaralar Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri Aleksandr Novak va Katar energetika va sanoat vaziri Muhammad ibn Saloh as Sa'd örtasida olib borilmoqda.

OPeK 30 noyabr kuni 2017 yilning 1 yanvaridan boşlab kuniga neft qazib olişni 1,2 million barrelga qisqartiriş borasida aniq qarorga kelgan edi.