Muhammad bin Salmon 12 yoşligidayoq otasi Salmon raislik qilgan hukumat majlislarida ötirgan. U paytlar Salmon Saudiya Arabistoni provinsiyasi Ar-Riyod gubernatori lavozimini egallagandi. 17 yil ötib, Muhammad bin Salmon mamlakat mudofaa vaziri etib tayinlandi. Şu tariqa u jahon tarixidagi eng yoş mudofaa vaziri nomini oldi. U öz mamlakatini allaqaçon Yamandagi şafqatsiz uruş domiga tortib ulgurdi. Ana şu kabi xatti-harakatlar bu siyosatçini Yer yuzidagi eng xavfli kişilardan biriga aylantiradi. Trendymen naşri aynan şu mavzuga qöl urdi. 

Şahzoda Muhammad yoşligidanoq özini şaxs sifatida şakllantira boşlagan. Ğarb birjalaridagi aksiyalar va mamlakat içida qurol-yaroğ savdosi – bu uning ilk qadamlari böldi. Akalaridan farqli ölaroq, Muhammad xorijga öqişga ketmadi, u ta'lim oliş uçun Ar-Riyod universitetini tanladi. Şahzodaning kursdoşlari va öqituvçilari uni jiddiy, spirtli içimliklarni iste'mol qilmaydigan va bor vaqtini işga bağişlaydigan inson sifatida e'tirof etişgan. 

2011 yilda Muhammad bin Salmonning otasi valiahdning örinbosari böldi va Mudofaa vazirligi hamda uning ulkan moliyaviy imkoniyatlarini nazorat qiliş huquqiga ega böldi. Muhammad ham öşa sohaning özida maslahatçi sifatida xizmat yuritdi.

Tanqidçilarning sözlariga köra, u ulkan boylik töplagan — har holda uning imkoniyatlari çeksizligini inobatga oladigan bölsak, buning ajablanadigan joyi yöq. Salmon Saudiya Arabistoni taxtiga ötgan yilning yanvarida ötirgan. U xasta bölganligi uçun köp masalalarda öğliga umid qilgan. Salmon 79 yoşida aqli zaiflikdan aziyat çekkan va bir kunda faqat bir neça soatgina diqqatini jamlaşning uddasidan çiqardi. Otasining eng yaqin kişisi sifatida Muhammad qirollikdagi hukmronlikni öz zimmasiga oldi. 

Şahzoda Muhammad mudofaa vaziri etib tayinlandi va Aramco milliy energetika kompaniyasini töliq öz nazoratiga oldi. Mahalliy amaldorlarning dangasaliklariga çek qöyildi: Muhammad erta tongdan vazirlikka borişni odat qildi – kutilmagan tekşiruvdan ötolmaganlar hattoki qatl qilinişi mumkin.