Italiyada mahalliy vaqt bilan soat 7.00da (Toşkent vaqti bilan soat 11.00) konstitutsion islohot masalasi böyiça referendum uçun saylov uçastkalari oçildi. Uşbu taşabbus mamlakatning hozirgi boş vaziri Matteo Rentsi tomonidan bildirilgan.

Ovoz berişda Italiyaning deyarli 47 mln fuqarosi, hamda xorijda istiqomat qiluvçi 4 mln italyan iştirok etadi. Ular konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş böyiça savolga yoki «ha» yoki «yöq» javobini bildirişlari kerak böladi.

Saylov uçastkalari soat 23.00da yopiladi (Toşkent vaqti bilan 5 dekabr kuni soat 3.00 msk), keyin ovozlarni hisoblaş boşlanadi.

Taklif qilinayotgan islohotga butun muxolifat qarşi çiqmoqda. 

Referendumning qanday tugaşini mamlakat Vazirlar Mahkamasi va şaxsan Rentsoning kelgusi taqdiri bilan boğlaşmoqda.

Islohotning muhim bandlaridan birida milliy parlament tarkibi va vazifalarini özgartiriş bildirilgan. Bunda qonunçilik jarayonini yengillaştiriş, qonun loyihalarini takroran muhokama qilişdan qoçiş va Italiyada köproq siyosiy barqarorlikni ta'minlaş maqsadida joriy körinişda Senatni bartaraf etiş közda tutilgan.

Ikkinçi jahon uruşidan keyingi 70 yil içida Italiyada 65 marta hukumat almaşgan. Senat saylov orqali şakllantiriladigan organ bölişdan töxtaydi. Unga viloyatlar vakillari hamda yirik şaharlar merlari kiradi.

Bundan taşqari, 5 senator Italiya prezidenti tomonidan 7 yillik muddatga belgilanadi. Umrbod senatorlar institutini bartaraf etiş rejalaştirilmoqda. Hukumatga işonç bildiriş masalasi böyiça ovoz bermaydigan yuqori palata a'zolari soni uç martga qisqaradi (315 kişidan 10 kişigaça). Bu esa boş vazirning aytişiça, davlat mablağlarini ança tejaşga imkon beradi.

Yangi senat qonunçilik jarayonida çeklangan holda, faqatgina viloyatlar yoki Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarga tegişli qonun loyihalarigina körib çiqişda iştirok etadi. Şu bilan birga senatorlar ortidan parlament immuniteti saqlanib qoladi. Rentsining ta'kidlaşiça, uşbu referendum Italiyani özgartiriş, uni Yevropada yetakçi rol egallaydigan, barqaror, zamonaviy va raqobatbardoş davlatga aylantiriş uçun tarixiy imkoniyatdir. 

Agar referendumda ğalaba qozonmasa, Rentsi iste'foga ketişi kutilmoqda.