Zamonaviy bolalar va ösmirlarning aksariyati köçada ötadigan öyinlarga vaqtlarini juda kam ajratişmoqda. Bu xavfli, çunki quyoş nuridan yetarliça bahramand bölmaslik, köriş qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazadi. The Daily Mail naşrining London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi vakili ma'lumotiga asoslanib yozişiça, ultrabinafşa nurlarining V-spektrdagi harakati miopiya (uzoqni köra olmaslik) kasalligining xavfini kamaytiradi.
Eng asosiysi yoşlik vaqtini quyoş nurlari ostida köproq ötkaziş kerak. Bu köriş qobiliyatini kesayganda ham saqlab qolişga imkon beradi. Olimlar miopiyani örganiş uçun 65 va undan katta yoşli bölgan 4000 nafarga yaqin odam ustida tadqiqot olib borişdi. Ular köngillilarning köriş darajasini tekşirişdi, qonlaridan namuna olişdi va inson hayoti bilan boğliq sörovnomalar ötkazişdi.
Barça omillar örganib bölingandan söng, miopiyaga çalingan 371 kişilik, 2797 kişi esa soğlom kişilar guruhi qoldi. Tadqiqotlar natijasida şu narsa ayon böldi-ki, ultrabinafşa nurlari 14-19 va 20-39 yoşda uzoqni köra olmaslik xavfini pasaytirişga xizmat qilar ekan.











