Apennin yarimorolida bölib ötgan referendumda ovoz berganlarning 60 foizga yaqini konstitutsiya islohotiga qarşi çiqqan. Uşbu islohot boş vaziri Matteo Rentsi taşabbusi bilan ötkazilişi kerak edi. Italiya içki işlar vazirligi saytida e'lon qilingan ma'lumotlar referendumning dastlabki natijalariga oydinlik kiritgan. 

95 foiz ovoz byulletenlari sanalganidan keyin ma'lum bölişiça, 59,71 foiz saylovçi konstitutsiyaga özgartiriş loyihasiga qarşi fikr bildirgan. 40,9 foiz kişi islohot ötkazişni ma'qullagan. 

IIV ma'lumotlariga köra, saylovçilarning 68 foizdan ortiği öz fuqarolik huquqidan foydalangan. 

Italiyadagi uşbu referendum boş vazir Matteo Rentsi tomonidan 2014 yilda taklif etilgan konstitutsiyaviy islohot böyiça ötkazilgan edi. Hukumat qonun loyihasi Respublika Senati vazifasi va vakolatlarini özgartirişni nazarda tutar  edi. U ikki yil mobaynida milliy parlamentda muhokama qilinib, şu yilning aprelida ma'qullangandi.