Qohira “dabdaba buyumlari”ning kiriş bojini 40-60 foizga oşirdi. Röyxatga 320 buyum kirgan. Bu haqda TASS Misrning “Al-Ahram” gazetasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Savod va sanoat hamda moliya vazirlari Tariq Kabil va Amr al-Garxining xabar berişlariça, yuqori miqdordagi bojlarni kiritiş Misrga olib kirilayotgan mahsulotlar importini qisqartiriş va milliy işlab çiqaruvçini qöllab-quvvatlaş maqsadida amalga oşirilgan.

“Vaziyat import hajmini qisqartiriş va milliy işlab çiqaruvçini Misrning boşqa mamlakatlar bilan xalqaro savdo kelişuvlariga ziyon yetkazmagan holda rağbatlantirişni talab qildi”, - deya ta'kidlaşgan vazirlar.

Amaldorlarning aytişiça, olib kiriluvçi bojlarning oşirilişi davlat ğaznasi daromadini 338 million dollarga oşiriş imkonini beradi.

Avvalroq, Misr neft-gaz sohasiga 30 milliard dollar miqdoridagi sarmoyani jalb qiliş niyatida ekani xabar berilgandi.