Janubiy Koreya parlamenti raqamli öyin sanoatiga yordam berişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini ma'qulladi. Unga köra, kompyuter yoki mobil qurilmalardagi öyinlarda yordam beruvçi (eymbotlar, skriptlar va öyindan foydalaniş şartlarida nazarda tutilmagan barça şu kabi dasturlar)ni işlab çiqiş yoki tarqatiş 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki 43 ming dollar miqdoridagi jarima bilan jazolanişi mumkin. 

Aytiş joizki, Janubiy Koreyada kibersport juda keng tarqalgan. Şu sababli, mamlakat qoidabuzarlar bilan jiddiy kuraşişga bel boğlagan körinadi. Uşbu qonun qabul qilinsa, dunyo böylab mavjud çiterlik dasturlari soni keskin kamayadi. Çunki, bu kabi dasturlarni işlab çiqaruvçilarning aksariyati aynan Janubiy Koreyada joylaşgan.