Özbekistonning “xalq maşinasi”ga aylangan Daewoo Nexia modelining uzoq davom etgan tarixi 2016 yilda yakunlandi. Bu haqda GM Uzbekistan matbuot xizmatiga asoslangan holda Wroom.ru sayti xabar qilmoqda. Ma'lumotlarga köra, uşbu avtomobil avgust oyidayoq işlab çiqarişdan olingan. 

Model Koreya respublikasi bilan Asakada taşkil etilgan qöşma korxonada 1996 yildan işlab çiqarila boşlangan edi. Janubiy Koreyaning özida avtomobilni 1997 yildan yiğiş töxtatilgandi. Buning örniga bu maşina Özbekistonda yiğildi va xalq işonçiga sazovor böldi. 

Nexia bir neça yil mobaynida 75 ot kuçiga ega 1,5 litr hajmli dvigatel bilan jihozlandi. Ammo, 2003 yildan modelning 1,5 litrli, 85 ot kuçiga ega yangi namunasi paydo böldi. 

2008 yilda Britaniyaning Concept Group injiniring kompaniyasi bilan birgalikda restayling qilingan namunasi taqdim etildi. "Neksiya"ning yoruğlik çiroqlari, bamperi, old uskunalar paneli, asboblar kombinatsiyasi yangilandi. Maşinaga ikki xil: 4 silindr (8 klapan)li, 1,5 litrli va 80 ot kuçiga ega SOHC dvigatel hamda 4 silindr (16 klapan)li, 1,6 litrli va 109 ot kuçiga ega DOHC motori örnatildi. 

Şunday qilib, 2016 yil avgust oyidan boşlab, GM Uzbekistan matbuot xizmatiga köra, uşbu maşina yiğilişi töxtatilgan: avgust oxirida maşinaning oxirgi nusxalari işlab çiqarilgan. Endilikda, uning nomini avvalgi avloddagi Chevrolet Aveo sedani negizida işlab çiqiladigan "Ravon Nexia" modelida işlatişga qaror qilingan.