AQŞdagi mavjud sud tizimi ikki xil standartlarga asoslangan va yuqori sinf vakillariga keskin çoralardan qutilib qoliş imkonini beradi. Oddiy odamlarga esa, qonunning eng jiddiy talablari asosida hukm öqiladi. Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden Yahoo News internet portaliga bergan intervyusida şunday fikrni bildirgan.
"Qöşma Ştatlarda ikki darajadagi sud tizimi mavjud. Unga köra, hukumat bilan jiddiy aloqada bölgan insonlar yoki köplab ma'lumotlarni bilganlar yengil jazolar bilan çeklanişadi", - degan Snouden.
U öz fikrining isboti sifatida MRB sobiq direktori Devid Petreus bilan bölgan voqeani yodga olgan. U hozirda yangi saylangan prezident Donald Tramp ma'muriyatida davlat kotibi lavozimiga asosiy da'vogarlardan biri bölib kelmoqda. 2012 yili Petreus maxfiy ma'lumotni jurnalist ayol Pol Broduellga topşirgani ma'lum bölganidan söng, iste'foga çiqişga majbur bölgan edi.
Yahoo News suhbatdoşining ta'kidlaşiça, öşanda MRB sobiq rahbarining Broduellga taqdim etgan axborotlari Snoudenning jurnalistlarga topşirgan hujjatlariga qaraganda "ançagina yuqori maxfiylik darajasiga ega bölgan". Bunda, voqeaning ahamiyatli jihati şundaki, Petreus "bu ma'lumotlarni jamoatçilikka, ayni jamoatçilik foydasini közlab oşkor qilmagan, balki öz biografi va ma'şuqasi bilan" öz foydasi uçun baham körgan. Snoudenning sözlariga köra, öşa töplam hujjatlar orasida AQŞ harbiy dasturlariga oid ma'lumotlar, Petreusning AQŞ prezidenti bilan şaxsiy suhbatlari mazmuniga doir axborotlar bölgan.
Snoudenning xotirlaşiça, MRBning sobiq rahbariga mayda qoidabuzarlik aybi ilgari surilgan xolos. Petreus öz navbatida aybiga iqror bölgan, şundan söng, unga ikki yillik şartli jazo tayinlanib, 100 ming dollar miqdoridagi jarima solindi.
"U oşkor qilgan maxfiy ma'lumot turidan qat'iy nazar bir kun ham qamoqda ötirgani yöq", - degan sobiq maxfiy xizmat xodimi. Eslatib ötamiz, Snoudenga AQŞda uzoq muddatli qamoq jazosi tahdid solmoqda.
AQŞ Milliy xavfsizlik agentligida pudratçi-tahlilçi bölib işlagan. U 2013 yilda Amerika maxsus xizmatlarining elektron kuzatuviga oid ma'lumotlarni oşkor qilgan edi. Xususan, xorijiy mamlakatlar yetakçilarining telefon orqali muloqotini noqonuniy tinglagan. AQŞ hukumatining ta'qibidan qoçgan Snouden 20dan ortiq mamlakat hukumatiga siyosiy boşpana sörab murojaat qilgan edi. Şu mamlakatlardan biri Rossiya unga 2014 yilda 3 yil muddatga boşpana berişga qaror qildi. Snouden josuslik haqidagi qonunning ikki bandini buzganlikda gumon qilinmoqda.












