Tarmoqda itini böğayotgan kenguruga muşt tuşirgan avstraliyalikning videosi paydo böldi. Voqeaning bunday tus olişini kutmagan kenguru qoçib qoladi. Facebook va Twitter foydalanuvçilari itning egasi tomonidan qöllanilgan uşbu çorani olqişlaşadi.
It savannani eslatib yuboruvçi joyda bölayotgan sayohatda maşinadan sakrab tuşib ketadi. Egasi uni töxtatişga harakat qiladi, uning ortidan borib körsa-ki, itini kenguru uşlab olgança böğayapti. Internetda tarqalgan videodan körinib turibdiki, erkak boksçilardek turib olib, jonivorning boşiga muşt tuşiradi. Kenguru ma'lum bir vaqt içida heç qanday harakat qilmay turadi, şundan söng noma'lum yönaliş böylab yugurib ketadi.
Video avstraliyalikning maşinasidan tasvirga tuşirilgan. Rolik uning dösti tomonidan Facebook’da e'lon qilingan. Bir sutka içida uni 3,7 million marta tomoşa qilişgan va boşqa ijtimoiy tarmoqlarga tarqatişgan.
Izohçilarning fikri ikkiga bölingan. Bir taraf erkak kenguruni urmasligi kerak, deb hisoblayotgan bölsa, ikkinçi taraf boşqa yöl bilan kenguruni töxtatib bölmas edi, deb fikr bildirmoqda.











