Har törtinçi italiyalikka qaşşoqlik xavf solmoqda, deb xabar berdi Milliy statistika instituti (Istat).
Apenninlarda 2015 yili aholining 28,7 foizi faqirlik çegarasida yaşagan. Gap 17,5 million kişi haqida ketmoqda. Bu körsatkiç qaşşoqlik bilan kuraş Yevropa strategiyasida Italiyaning 2020 yili yetişi kerak bölgan miqdoridan 4,5 milliondan köproqdir, deb ma'lum qilişdi Istat mutaxassislari.
Rasmiy statistikaga köra, eng oğir vaziyat mamlakatning janubiy hududlarida kuzatilmoqda. U yerda har ikkinçi fuqaroga qaşşoqlik xavf solgan. Eng yuqori ijtimoiy xatar esa Sitsiliyada qayd etilgan bölib, u yerda faqirlik aholining 55,4 foizi hayotida öz aksini topgan.
Save the Children xalqaro taşkiloti noyabrda “Bolalik xaritasi” tadqiqotini taqdim etdi. Unda körsatilişça, ayni damda Italiyadagi har uçinçi bolaga qaşşoqlik xavf solmoqda.
Hisobot ma'lumotlariga köra, Apenninlardagi 40 foiz kambağal oilalarning baloğatga yetmagan bolalari qişda sovuqdan aziyat çekadi. Bu ularning uylarida isitiş tizimining yöqligi bilan boğliq. Mablağ yetişmovçiligi sabab esa har öninçi italiyalik bola maxsus seksiyalarda sport bilan şuğullaniş imkoniga ega emas. Har yigirmançi bolaning esa uyida öyinçoq yöq.












