Dunyoda heç kim, heç bir ta'limot mol-dunyoning aynan özini yomonlamagan, mol-dunyodan qaytarmagan. Faqat insonning mol-dunyoga bölgan munosabatidagi illatlar qoralangan. Masalan, odamlardagi mol-dunyoga hirs qöyiş, buning orqasidan haromdan hazar qilmaslik, özgalar haqqini ado etmaslik, nomunosib yerlarga mol sarflaş, uni isrof qiliş va boyligi bilan faxrlaniş kabi qusurlar tanqid qilingan.

Boylar boşqalardan, ya'ni kambağal-faqirlardan baxtliroq yaşaşadimi? Pul, mol-dunyo insonga çinakamiga saodat keltira oladimi? Boylarning hayotda uşalmay qolgan orzu-armonlari yöqmi? Ular afsus-nadomat çekişmaydimi?

Odamizod qöliga pul-mol kelib, işi yurişib tursa, xursand, xotirjam böladi. «Omadim keldi, Xudo meni suygani uçun mol-dunyoni behisob berib qöydi», deya xayol suradi. Sal puli kamayib qolsa, yoki kelişi töxtasa tuşkunlikka tuşadi, vahima bosadi: «Xudoga qaysidir işim yoqmapti, şuning uçun meni boylikdan qisib qöydi, rizqimni kamaytirib qöydi», degan öy-fikrlarga boradi. Axir boylik inson uçun heç qaçon ruhiy xotirjamlik keltirmaydi-ku! 

Ajdodlarimiz dunyo hayotiga ahamiyat berişmagan, e'tibor körsatişmagan. Sababi, dunyo hayoti insonlar uçun berilgan bir imtihon, xolos. Kişi dunyo hayotiga e'tibor bermasa, kambağal bölib qoladi, degan biror qoida yoki mezon yöq. Çunki u ham, inşaalloh, ertaga boy bölib qolişi mumkin. Aksinça, keçagina boyligining hidiga mast bölib özini qöygani joy topolmay şoşib qolgan kimsa ertaga bir lahzada faqirga aylanib qolişi ham mumkin. 

Boylik köplar uçun imtiyoz, ne'mat emas, aksinça jazo, ofat hisoblanadi. Rivoyat qilinişiça, bir guruh badavlat odam zohidlar davrasiga kirib öltiriş uçun ulardan ijozat sörabdi. Voqea ramazon oyida keçayotgan ekan. Boyvaççalar ham zohidlar davrasida nonni tuz bilan yeyişibdi. Uylariga qaytgaç, boyagi boyvaççalardan biri ularga ming dinor tilla pul jönatibdi. Şunda zohidlardan biri pulni: «Senga öxşaganlarga sirini oçganning jazosi şudir», degan sözlar bilan egasiga qaytarib yuboribdi (ya'ni yuborilgan pulni ular özlariga jazo deb qabul qilişgan ekan).

Boylarning hayot tarzini, yaşaş falsafasini orzu qilayotgan kambağallar ularga qançalik qiyin va oğir ekanini tasavvur ham qila olişmaydi. Pul kela boşlagani barobarida boyning xonadoniga katta taşvişlar, kulfatlar, xarajatlar, maşaqqatlar, nafratlar, uqubatlar oqib kela boşlaydi. Ilgari ming söm bilan bitirgan işini endi ön ming söm, yuz ming söm bilan bitadigan bölib qolganini körasiz. Çunki u endi badavlat kişi, sarf-xarajatni ham öz darajasida qilişi kerak-da.