Amerikalik örta vazn toifasida yengilmas boksçi Ed Braun (20-0, 16 nokaut) Çikagoda otib ketildi, deb xabar qilmoqda ESPN telekanali.

Braun sevgilisi bilan avtomobilining içida bölgan vaqtda boşqa maşinadan öq uzişgan. Öqotar quroldan Braunning bir neça joyiga, jumladan boşiga jarohat yetkazilgan. Qizning oyoği yaralangan. 

Braun şifoxonaga olib borilgan, biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qolişning uddasidan çiqa olişmagan. 

«U 25 yoşida hayotini yöqotdi. Çikagodagi odamlar besabab otişgan. Braun jinoyatçi yoki giyohvand moddalarga aloqador bölganida boşqa gap edi. Lekin boksçi bunday işlar bilan şuğullanmagan», — degan boksçining menejyeri Kameron Dankin.