Pekin şahri sudi öz tarixida birinçi marta erni xotinidan qöriqlaşga doir körsatma berdi. Endilikda, erini doimo kaltaklab kelgan ayol turmuş örtoğiga 200 metrdan yaqin yölay olmaydi, deb yozmoqda China Daily gazetasi.

Er-xotin 2014 yildan nikohda istiqomat qiladi, erning ta'kidlaşiça, ular mayda-çuyda narsa uçun doimo janjallaşişadi. Jabrlanuvçining sözlariga köra, xotini uni dastlab may oyida, söngra noyabrda yangi tuğilgan qizining köz öngida yana döpposlagan. Ötgan çorşanba, 30 noyabr kuni jabrdiyda er politsiya mahkamasidan hujjatlarni, tibbiy ma'lumotnomani olib Pekin sudlaridan biriga murojaat qilgan. 

Şundan söng, sud erkakni xotinidan himoya qiliş maqsadida ayolga turmuş örtoğiga tahdid qiliş, uning xotirjamligini buziş yoki zarar yetkazişni taqiqlagan. Bundan taşqari, aybdor ayol eri yaşayotgan xonadonni olti oyga tark etib, unga kamida 200 metrdan yaqinga yölamasligi kerak. Uşbu körsatma buzilgan taqdirda ayol 15 kunga hibs qilinişi hamda ming yuan (143 dollar) jarimaga tortilişi mumkin. 

Sudning mazkur qarori oiladagi zöravonlikka qarşi kuraş maqsadida mart oyida qabul qilingan qonun doirasida qabul qilingan.