OnePlus kompaniyasi OnePlus 4 qurilmasini işlab çiqarişni ötkazib yuborişi mumkin. Osiyo xalqlari uçun 4 raqami baxtsiz raqam hisoblanadi. Şu bois Meizu kompaniyasi M3dan söng birdaniga M5ni çiqargan edi. PhoneRadar berayotgan ma'lumotga köra, OnePlus 5 2017 yilning ikkinçi kvartalida çiqarilişi mumkin va jahondagi eng kuçli smartfonga aylaniş ehtimoli mavjud.
 
Xarakteristikasi

OnePlus 5 keramik korpusga ega böladi. Bu gadjyetlar bozorida yangi trend hisoblanadi. Keramika şişaga qaraganda mustahkam hisoblanadi, buni Apple Watch Series 2 tajribasidan ham biliş mumkin.

•  Çipset: Qualcomm Snapdragon 835
•  Tezkor xotira: 6 GB
•  Ekran: 5,5 dyuym, Quad HD, AMOLED