Rossiya prezidenti Vladimir Putin çelyabinsklik işçilar bilan uçraşuvida şaxsiy hayoti va faoliyatidagi intilişlari haqidagi savollarga javob berdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Işçilardan biri Putin bilan 5 yil içida korxonada muvaffaqiyatli karera quriş haqidagi orzusi bilan bölişdi va Putindan bu boradagi intilişlari haqida söradi.
"Men öz kareramni muvaffaqiyatli yakunlamoqçiman", deb tabassum bilan javob bergan Putin.
Putin şaxsiy hayotga qaçon vaqt topa olişi haqidagi savolga "Qançalik köp narsa qilsang, şunçalik köp narsaga ulgurasan" degan prinsipga amal qilişni tavsiya qildi hamda hamma narsa me'yorida bölişi kerakligini qöşimça qildi.
"Men hammasiga ulgura olişimni qayerdan bilasiz?", deb hazil savol bergan Putin.
Putinning ta'kidlaşiça, "şaxsiy hayot bilan hamma şuğullanişi lozim".
Putin Çelyabinskda quvurlar uçun detallar işlab çiqaruvçi korxonani tantanali ravişda işga tuşirib berdi.












