YeÇL guruh bosqiçiga qur'a taşlaş marosimidan keyin eng qiziqarli ötişi kerak deya baholangan S guruhi bu işonçni qaysidir ma'noda oqladi. Gollarga boy, qiziqarli uçraşuvlar köp böldi. Faqat 5-turgaça. Tribuna.Uz sönggi turda heç qanday masala hal bölmaydigan guruh uçraşuvlarini yodingizga solib ötadi.

S guruhi

BARSeLONA - BORUSSIYa M (00:45, Matç! Igra)
Boş hakam: Sergey Karasyov (Rossiya)

Yuqorida eslaganimiz kabi bu uçraşuv amalda heç narsani hal qilmaydi. Natija na mezbonlar va na mehmonlarning turnir jadvalidagi örniga örniga ta'sir körsatadi. Faqatgina ğalaba uçun UYeFA tölaydigan summa orqali byudjyetni boyitib oliş imkoniyatini berişi mumkin.

«Barselona» ötgan hafta davomida YeÇL haqida umuman öylagani yöq. «El-klasiko»da maydonga tuşgan kataloniyaliklar sönggi daqiqada ötkazib yuborilgan gol evaziga ikki oçkoni boy berib qöyişdi. La ligadagi 14 turdan keyin jamoa azaliy raqibidan 6 oçko ortda qolmoqda. «Borussiya» esa mehmonda dahşatli darajada yomon futbol körsatişda davom etmoqda. Dortmundda 1:4 hisobida boy berilgan öyin bilan qöşib hisoblaganda Andre Şubert şogirdlari ketma-ket sakkizinçi uçraşuvda mehmondan ğalabasiz qaytişdi.

«Barselona»da jarohatlanganlarning deyarli barçasi safga qaytdi. Birgina Jyeremi Matyo jamoa lazaretida qolmoqda. Lekin öyinning ahamiyati yuqori bölmagani bois, Madrid bilan öyinda biroz lat yegan Neymarning ham bu uçraşuvda öynamasligi oldindan ma'lum böldi. Şuningdek öyinda Ivan Rakitiçni ham körmaysiz. «Borussiya»da esa Ibraima Traore, Mamadu Dukur va Patrik Hermann jarohati sabab öyinni ötkazib yuboradi. Lars Ştindl esa diskvalifikatsiya muddatini ötaşi kerak.

MANÇeSTeR SITI – SeLTIK (00:45)
Boş hakam: Slavko Vinçiç (Sloveniya)

Birinçi öyin kiriş qismidagi matnni bu yerga şunçaki köçirib öqib olişingiz mumkin. Bu öyinning ahamiyati ham nazorat-sinov uçraşuvi bilan teng deyiş mumkin.

«Mançester Siti» ötgan haftani juda yomon kayfiyatda yakunladi. «Çelsi»ga qarşi uçraşuvda ğalaba qozonib turgan jamoa oxirida imkoniyatni boy berib qöydi. «Seltik» esa özi alohida dunyo bölgan premer-ligasida «Mazeruell» mehmoni bölib gollarga boy bölgan öyinni (4:3) öz foydasiga hal qildi.