Kiyev xöjalik sudi Ukraina antimonopol qömitasining Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasiga qarşi da'vo arizasini töliq hajmda qondirdi. Da'vo arizasiga köra kompaniyadan 86 mlrd griven (3,3 mlrd dollar) jarima hamda u böyiça penya majburiy tarzda undirilişi talab qilingan. Bunga Ukraina gaz-transport tizimi orqali tabiiy gazni tranzit qiliş bozorida monopol mavqeni suiiste'mol qiliş sabab bölgan.   

"Undiriladigan umumiy miqdor 171 mlrd grivenni (6,577 mlrd dollar) taşqil qiladi", deb aytilgan Ukraina antimonopol qömitasi xabarida.

2015 yilda qömita rahbari Yuriy Terentev 2009-2015 yillarda "Gazprom" Ukrainaning "Naftogaz" kompaniyasi bilan şartnoma şartlarini buzgani, jumladan "Gazprom" tomonidan Ukraina hududi orqali Yevropaga uzatiladigan gaz hajmi kamaytirilganini aytgan. Ukraina kompaniyasi gaz tranziti hajmi kamaytirilgandan körgan ziyonini 6 mlrd dollarga baholagan. Qömita ma'lumotlariga köra, Rossiya kompaniyasi hamkorlikning şartlarini iqtisodiy asoslangan va özaro manfaatli özgartiriş böyiça murojaatlarni rad etgan.  

2016 yilda qömita "Gazprom"ga jarima solgan va uni 2 oyda tölaşni talab qilgan. "Gazprom" Ukraina qonunlarining buzilişi böyiça ayblovlarni rad etgan.

2016 yil davomida "Gazprom" birin-ketin Kiyev xöjalik sudi, Kiyev hakamlik xöjalik sudi, Ukraina oliy xöjalik sudi va Ukraina oliy sudiga şikoyatlar bergan, biroq jarimaning bekor qilinişiga erişa olmagan.