Suriyaning Halab şahrini öqqa tuşiş vaqtida rossiyalik polkovnik Ruslan Galitskiy halok böldi, deb xabar berdi RIA «Novosti».
«Polkovnik Ruslan Galitskiy oğir jarohat oqibatida kasalxonada hayotdan köz yumdi. Rossiyalik harbiy şifokorlar bir neça kun davomida uning hayotini saqlab qolişga harakat qilişdi. Zobit Halabning ğarbiy qismida jangarilar tomonidan muxolifat vakillarini artilleriya yordamida öqqa tutilişi natijasida jarohat oldi», - deya xabar bergan RF Mudofaa vazirligi.
Galitskiy Suriyada rossiyalik harbiy maslahatçilar guruhi tarkibida bölgan.
Ta'kidlanişiça, u ölimidan keyin eng yuqori davlat mukofotiga taqdim etildi.












