Amerikaning Apple kompaniyasi 2016 yilning eng köp yuklangan bepul ilovalari röyxatini e'lon qildi. Mashable şu haqida ma'lumot berdi. 

Röyxatdagi birinçi örinni Snapchat messenjeri egallagan. Ötgan yilgi reytingda u beşinçi örinda qayd etilgan edi. Öşanda ilovalar orasida Trivia Crack yetakçilik qilgandi, 2016 yilning top-10 röyxatida esa uning nomi umuman yöq. 

Ikkinçi poğona Facebook ilovasi bölgan Messenger'ga nasib etdi. Uçinçi örinda esa - Pokémon Go öyini. 

Uçlikdan keyingi örinlarda tartibga köra, Instagram, Facebook, YouTube, Google Maps va Pandora ilovalari qayd etilgan. Önlikni Netflix va Spotify Music tugallaydi. 

Pulli ilovalar röyxatida esa Heads Up! yetakçilik qilmoqda. Bu ilova ötgan yili ham mazkur reytingda birinçi bölgan edi.