Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidovning tavalludining 80 yilligini nişonlaş töğrisidagi qarori e'lon qilindi. Qaror matni ÖzA tomonidan taqdim etilgan.

Özbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qöşgan atoqli şoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosining yoş avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib hamda şoir tavalludining 80 yilligini keng nişonlaş va xotirasini abadiylaştiriş maqsadida:

1. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Madaniyat va sport işlari vazirligi, Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati va jamoatçilik vakillarining Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nişonlaş va xotirasini abadiylaştiriş töğrisidagi taklifi ma'qullansin.

2. Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita ön kun muddatda tegişli vazirlik va idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nişonlaşga doir tegişli çora-tadbirlar rejasini işlab çiqsin, unda:

Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidovning özbek tilida “Saylanma” asarlarini, ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan şe'riy töplamlarini naşrga tayyorlaş va çop etiş;

Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratiş;

Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov haykalini yaratiş va uni belgilangan tartibda örnatiş;

Toşkent şahridagi Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov yaşagan uyda yodgorlik lavhasi örnatiş;

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida “Erkin Vohidov ijodining ma'naviy hayotimizdagi örni va ahamiyati” mavzusida ilmiy konferensiya ötkaziş;

mamlakatimizdagi oliy va örta maxsus, kasb-hunar, umumiy örta ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san'atkorlar iştirokida uçraşuvlar, adabiy keçalar taşkil etiş;