Yevropa Ittifoqi Ukrainaga parranda göştini import qilişni taqiqladi. Bu holatga Xerson viloyatida yuqori patogenli parranda grippining (H5) avj olgani sabab böldi, deb xabar beradi Ukraina Davlat oziq-ovqat va iste'molçilar xizmati. 

Parranda grippi holatlari Qrim bilan çegaradan 20 kilometr uzoqlikda joylaşgan Novoaleksandrovka qişloğida kuzatilgan. Aniqlik kiritilişiça, bu yerda 4,5 mingga yaqin quş boqiladi.

Ukraina davlat xizmatining ta'kidlaşiça, Xerson viloyatidan Gonkongga tuxumlarni eksport qilişga taqiq qöyilgani haqida rasmiy bildirişnoma olişgan. Şuningdek, YeIga mamlakatning barça hududidan parranda göşti va uning mahsulotlari yetkazib beriş ham man etilgan.

Taşkilotning xabar berişiça, parranda grippi bölmagan viloyatlardan eksportni tiklaş uçun YeIga kasallikni tugatişga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşirilgani haqida batafsil axborot yuborilgan.

Ma'lumot uçun, Ukrainada parranda grippi holatlari sönggi bor 2008 yilda röyxatga olingan.