Google kompaniyasi ixçam Google Wi-Fi routerining savdosini boşladi. Qurilmaning öziga xos jihati, ikki yoki undan ortiq routerlarni yagona simsiz tarmoqqa ulaş imkoniyati mavjudligidir. Uni 129 dollar evaziga buyurtma qiliş mumkin.

Bir dona router 140 metr kvadrat maydonni qoplay oladi. Uç dona Google Wi-Fi esa 420 metr kvadrat maydonga internet signallarini yetkazib bera oladi. 

Bundan taşqari, Google Wi-Fi Network Assist texnologiyasidan foydalanadi, u foydalanuvçilarga öziga eng yaqin kiriş nuqtasidan internetga ulaniş imkonini beradi. Tarmoq mobil ilova yordamida boşqariladi. 

Bir dona router 129 dollarga baholangani holda, uçtasini 229 dollar evaziga xarid qiliş mumkin. Uni Amazon, Google Store va Best Buy tarmoqlarida buyurtma beriş mumkin.