Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatda tana va yuzni butunlay yopib turuvçi (burka, niqob) kiyimlarni qisman taqiqlaşga çaqirdi, deb xabar beradi Bayerischer Rundfunk teleradiokompaniyasi.

Burka va niqob – musulmonlar davlatlarida tana va yuzni butunlay yopib turuvçi hamda közlarga möljallab kiçik çiziq oçib qöyilgan kiyim turi hisoblanadi.

Merkelning sözlariga köra, Germaniyada “kişilar örtasidagi aloqalar” jarayonida “yuzni körsatiş” qabul qilingan. “Şuning uçun bizda yuz va tanani butunlay yopib turuvçi kiyimlarni kiyiş qabul qilinmagan. Uni deyarli barça joyda taqiqlaş lozim”, - deya ma'lum qildi kansler Xristan-demokratlar ittifoqining Essendagi s'yezdida.

Avvalroq, mamlakatda bunday kiyimlarni qisman taqiqlaş ğoyasini IIV rahbari Tomas de Mezer ham qöllab-quvvatladi. Uning sözlariga köra, nemis jamoatçiligida yuzni soliq idorasi, davlat taşkilotlari, maktablar, universitetlar va sudda körsatiş şart.