Qozoğiston poytaxti Ostonada bir ayol boş prokuratura binosi yonida öziga öt qöydi. Bu haqda Tengrinews.kz axborot agentligi xabar bermoqda. 

Boş prokuraturada aytilişiça, 6 dekabr soat 12.16da boş prokuratura nazorat-ötkaziş punkti xonasi yoniga bir ayol uç hamrohi bilan kelib, ustki kiyimini yeçib, ustiga benzin quyib, özini yoqib yuborgan.

"Nazorat-ötkaziş punkti xodimlari olovni öçiriş böyiça zudlik bilan çoralar körişgan. Ayol birdaniga va kutilmaganda harakat qilgan va öziga öt qöyişdan avval heç qanday e'tiroz bildirmagan. Ayolga birinçi tibbiy yordam körsatilib, tez yordam çaqirtirilgan", deb ma'lum qilindi prokuraturada.  
 
Ta'kidlanişiça, M.Rismanova ismli bu ayol öğli sudlanganiga norozilik sifatida şunday yöl tutgan. U boş prokuraturaga 28 noyabrda murojaat qilgan. Uning da'volari tekşirilişi uçun boş prokuratura suddan jinoiy iş materiallarini söragan.

Ayolning öğli 2015 yil iyunda katta miqdorda geroin va gaşiş saqlaganlik uçun 4 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi. Sudlanuvçi hukm ustidan şikoyat qilgan, biroq uning şikoyati qondirilmagan.
 
Ostonadagi birinçi şahar şifoxonasi qabul bölimida ayol jonlantiriş bölimida ekanligini ma'lum qilingan.