WikiLeaks portali asosçisi Djulian Assanj özining şved prokuraturasiga bergan körsatmalarini Justice 4 Assange saytida çop etdi.
Assanj bilan suhbatni ekvadorlik prokuror ötkazgan. Tergov Ekvadorning Londondagi elçixonasida noyabr oyida bölib ötdi.
WikiLeaks asosçisining ilova qilingan maktubida ta'kidlaşiça, unga haligaça heç qanday ayblovlar qöyilmagan va u butunlay aybsizdir.
Assanjning sözlariga köra, tergov matnini kişilar bor haqiqatni bilişlari uçun çop etgan.
Avvalroq. WikiLeaks asosçisi Julian Assanjning himoyaçisi Jyennifer Robinson Şvetsiya prokuraturasi tomonidan mijoziga zörlaş borasida ayblovlar qöyilsa, Assanj yuristlari şved tomonining iş ustida yöl qöygan barça qonun buziliş holatlari yuzasidan şikoyat arizasi bilan çiqişlarini ma'lum qilgandi.












