Braziliyaning lavozimidan çetlatilgan sobiq prezidenti Dilma Russeff mamlakatdagi heç bir yuqori lavozimga öz nomzodini qöymoqçi emas, biroq siyosiy faoliyatini davom ettiriş niyatida. Bu haqda u Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytib ötgan. Naşr Russeffni “Yil ayoli” deb taniştirdi.

"Heç qanday yuqori lavozimlarga nomzodimni qöymayman, biroq siyosiy faoliyatni davom ettiraman", - dedi Russeff.

Uning ta'kidlaşiça, boşqa mamlakatga ham taşrif buyuriş niyatida.

"Nima bölgan taqdirda ham ayollarda meros qoldiraman", - deya qöşimça qilgan sobiq prezident.

Eslatib ötamiz, Russeff impiçment oqibatida hukumat tepasidan ketgandi: may oyida uni vaqtinçalik çetlatişgan bölsa, avgustda – butunlay hukumatdan ketişiga erişilgan. Impiçmentga uning ikkinçi prezidentlik muddati avvalida yöl qöyilgan moliyaviy qonun buzilişlari sabab böldi.