Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotdan olgan taassurotlari haqida gapira turib, Trampning ovozi va talaffuzi öxşatib, unga taqlid qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Avvalroq Tramp va Duterte örtasida telefon orqali muloqot bölib ötgan, muloqot davomida Duterte Trampni AQŞdagi saylovlardagi ğalaba bilan tabriklagan.
"Prezident Duterte, sen mardsan. Seni tanqid qilayotgan amerikaliklar tufayli sen taşvişlanayotganingni bilaman. Biroq sen baribir azamatsan, şunday davom etaver", deb Duterte Tramp bilan prezident saroyidagi uçraşuvidagi uning aytgan gaplariga taqlid qildi.
Duterte Trampning sözlarini unga xos tarzda bayon qilişda davom etib, "AQŞ va Meksika çegarasidagi muammo"ni ham eslab ötdi.
"Sen Vaşington yoki Nyu-Yorkda bölsang, meni top va biz birga qahva içamiz. Balki sen bu muammoni hal qiliş borasida biror taklif bera olarsan, jin ursin", deb Filippin prezidenti Trampga taqlidini davom ettirgan.
Duterte Tramp bilan muloqotdan keyin özini "avliyodek" his qilayotganini aytdi. Avvalroq Tramp Duterte bilan suhbat davomida uning giyohvandfuruşlikka qarşi harakatlarini qöllab-quvvatlaşini aytgan va uni 2017 yilda Oq uyga kelişga taklif qilgan.











