Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasining Genesis brendi ostida işlab çiqariluvçi avtomobillari dizayni bilan rossiyalik Aleksandr Selipanov şuğullanadi. U bungaça ön yildan ortiq vaqt yil mobaynida Volkswagen konsernida faoliyat yuritib, Lamborghini Huracan va Bugatti Chiron dizaynlari uçun mas'ul edi. Endilikda, Saşa Germaniyadagi studiyada faoliyat yuritib, bevosita Hyundai va Genesis boş dizayneri Lyuk Donkervolkega böysunadi.

Selipanov maktabni bitirgaç, dizaynerlik böyiça tahsil oliş uçun Kaliforniyaga ketgan. 2005 yilda u  «Folksvagen»da işlaşni boşlagan. 2010 yilda Lamborghini kompaniyasiga ötdi. Uç yil muqaddam, dizayner Bugatti kompaniyasining yangi giperkari uçun tanlovda ğolib böldi va brend jamoasiga qöşildi. Bir neça oy muqaddam, Selipanov Volkswagen konsernidan ketişini bildirdi.

Genesis savdo belgisining ilk haşamatli sedani G90 böladi. U 315 dan 425 ot kuçigaça bölgan uç xil benzinli dvigatel bilan taqdim etiladi. Yaqin tört yil mobaynida brend yana beşta model işlab çiqarişni rejalaştirgan. Ular orasida, ikkita sedan (ixçam va örta hajmli), bir juft krossover va yangi kupedir. Tört eşikli avtomobillar kelasi yil paydo bölişi kutilayapti.