Moskva şahar dumasining yodgorlik san'ati böyiça komissiya payşanba kuni ötkazilgan yiğilişda Rossiya poytaxtida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov haykali örnatilişi ğoyasini bir ovozdan qöllab-quvvatladi.
Komissiya raisi Igor Voskresenskiyga asoslanib Interfaks naşrining xabar berişiça, Karimovga Moskvada yodgorlik örnatiş ğoyasi Özbekiston tomonidan bildirilgan.
Yodgorlik Polyanka köçasidagi xiyobonga örnatilişi rejalaştirilgan.

"Haykal Özbekiston elçixonasi fonida joylaşadi", - deya qayd etgan Voskresenskiy.
Öz navbatida Özbekistonning Rossiyadagi elçisi Bahrom Aşrafxonov komissiya a'zolariga uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlaşgani uçun minnatdorçilik bildirgan.
"Haykal loyihasi xalqaro tanlov orqali tanlanadi", - degan elçi.
Haykaltaroşlik işlari uçun tölovlar Özbekiston tomonidan amalga oşiriladi, hududdagi obodonlaştiriş va quriliş işlari xarajatlari Moskva byudjyeti tomonidan qoplanadi.












