So‘rovnoma: Rustam Azimov O‘zbekistonning yangi bosh vaziri bo‘lishga asosiy nomzod
Kun.uz sayti o‘quvchilari O‘zbekistonning yangi bosh vaziri kim bo‘lishi haqidagi so‘rovnomada o‘z taxminlarini bildirishdi. Saytning telegramdagi kanalida tashkil qilingan so‘rovnomada 5721 kishi ishtirok etdi.
Ularning aksar qismi O‘zbekiston hukumatining yangi rahbari sifatida Moliya vaziri, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimovni ko‘rishmoqda. Ushbu ehtimoliy nomzod variantini 3 mingdan ortiq kishi (60 foiz) tanlagan.
Ko‘rsatilgan ehtimoliy nomzodlarning hech birini yangi bosh vazir sifatida ko‘rmayotganlar soni 629 nafar (11 foiz). Ular "Boshqa nomzod" variantini belgilashgan.
Ayni vaqtda O‘zbekiston TIV rahbari bo‘lgan Abdulaziz Komilov ham qolgan nomzodlar orasida nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan: 565 kishi (10 foiz).
Bosh vazir o‘rinbosarlari Abdulla Oripov 8 foiz (456 kishi), Adham Ikromov 3 foiz (173 kishi), Ro‘ziqulov Ulug‘bek 3 foiz (163 kishi), G‘ulomjon Ibrohimov 3 foiz (161 kishi) va Botir Zokirov 2 foiz (131 kishi) juda kam imkoniyatga ega deb hisoblangan.
Qayd etish kerakki, O‘zbekistonning navbatdagi bosh vaziri ham parlamentda ko‘p deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati − O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili bo‘ladi. Ayni vaqtda bu partiya Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiyev hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:08 / 19.10.2024
Yaponiyalik erkak bosh vazir qarorgohiga bostirib kirishga urindi
20:12 / 27.09.2024
Yaponiya hukmron partiyasiga yangi yetakchi tayinlandi
23:18 / 06.09.2024
Slovakiya bosh vaziriga o‘q uzgan yozuvchi o‘zining ozod etilishini so‘ramoqda
19:15 / 16.08.2024