Vengriya hukumati mamlakat poytaxti Budapeşt şahridan 30 km masofada joylaşgan Biçke şahridagi noqonuniy muhojirlarning lagerini yopdi.

Ma'lumotlarga köra, lagerdagi muhojirlarga u yerdan ketişlari uçun bir soat vaqt berilgan. Muhojirlarning bir qismi Avstriya bilan çegaraga borib joylaşgan, qolgan qismi esa Budapeştdagi uysizlarga ajratilgan joyga borib örnaşgan.
Biçkedagi lager 1990 yilda oçilgan va boşida ruminiyalik etnik vengerlarni qabul qilgan.