Yangi zelandiyalik Jozef Parker Butunjahon boks taşkiloti (WBO) yönalişi böyiça öta oğir vazn toifasidagi böş qolgan jahon çempioni unvonini qölga kiritdi. Oklend (Yangi Zelandiya)da taşkil etilgan 12 raundlik jangda u amerikalik Endi Ruisni oçkolar böyiça mağlub etdi: ikki hakam ğalabani Parkerga taqdim etgan bölsa, yana bir referi durang natijani qayd etdi.

Ma'lumot uçun, WBO unvoni oktabrda britaniyalik Tayson Fyuri undan va Butunjahon boks taşkiloti (WBA) hamda Xalqaro boks taşkiloti (IBO) kamarlaridan soğliği sabab voz keçganidan söng böş qolgan edi. 

24 yoşli Parker esa ilk bora jahon çempioniga aylandi.