Foto: Nick Potts/PA

Yangi zelandiyalik Jozef Parker Mançester şahrida mağlub bölmagan oğir vaznlilar jangida britaniyalik Xyui Fyurini mağlub etdi. Jangga WBO’ning muntazam çempioni unvoni qöyilgandi. Jang 12 raund davom etgaç, hakamlar ğalabani amaldagi çempion Parkerga berişdi. Jang 114:114, 118:110, 118:110 hisobida yakunlandi, deb xabar bermoqda boxing-mma.com.

Foto: Alex Livesey/Getty 

Parker butun raundlar davomida ring markazini egallab, tajovuzkorona harakat qildi, köproq zarbalar berdi va aniqroq böldi. Fyuri esa raqibiga ora-orada bir-ikkita zarbalar berib, qoçişdan bölak narsa qila olmadi. Tayson Fyurining ukasi çempionlik kamarini yutiş uçun arzirli heç narsa qilmay, faoliyatidagi birinçi mağlubiyatni totdi.

Foto: Twitter

25 yoşli Parker 24-ğalabaga erişdi, 23 yoşli Fyuri esa 20 ta ğalabadan keyin birinçi mağlubiyatga uçradi.

Ta'kidlaş joizki, jangdan oldin vazn ölçaş vaqtida Fyuri janjal çiqargan.

Foto: Nick Potts/PA

Boks muxlislarini yaqin oylarda öta oğir vazn toifasida yana ikkita katta jang kutmoqda. Ulardan birida WBA, IBF çempionlik unvonlari ğolibi britaniyalik Entoni Joşua oktabrda bolgariyalik Kubrat Pulev bilan, ikkinçisida WBC çempioni, amerikalik Deontey Uaylder noyabrda kubalik Luis Ortis bilan jang qiladi.

Foto: Andrew Couldridge/Reuters