Janubiy afrikalik boksçi Zolani Tete WBO tasnifi böyiça jahon çempioni kamarini qölga kiritdi. Qayd etilişiça, jang boks tarixidagi eng qisqa ring nomi bilan tarixga kirdi. 

Tete öz vatandoşi Sibonizo Goniga qarşi ringga kötarilib, uni mağlub etişiga 11 soniya kifoya qildi. U çempionlik uçun jangning tez tugaşi böyiça jahon rekordini ham örnatdi, deb xabar qilmoqda AFP.

Tete jangning beşinçi soniyasida raqibining boşiga zarba berdi va bundan Gonya qulab tuşdi. Hakam sanaşni boşladi, ammo sanoqni oltinçi soniyada töxtatdi. Çunki Gonya tura olmasligi va unga tibbiy yordam kerakligi kundek ravşan bölgan edi.

Boks jangini muddatidan avval tugatiş böyiça avvalgi rekord Daniel Ximenesga tegişli edi. Puertorikalik sportçi WBO tasnifi böyiça 1994 yilda çempionlik kamarini qölga kiritgan, öşanda avstriyalik raqibi Xarald Gayyerni 17 soniyada nokautga uçratgan edi.
 
1993 yili amerikalik Jyerald Maklellan jahon çempionligini 20 soniyada qölga kiritgan edi. 

«Men bu jangga juda jiddiy tayyorlandim. Men bilardim, Gonya uzoq çiday olmasligini», — degan Tete jangdan söng.

Tete WBO tasnifida eng yengil vazn toifasida 2017 yil aprelida ğalaba qozongan edi. U öşanda filippinlik Artur Vilyanuevadan ustun kelgandi. 

Tete, şuningdek, IBF çempionlik kamariga ham ega. 2016 yil iyunida u meksikalik Viktor Ruis ustidan ğalaba qozongan edi.