Bolgariyaning Şumen viloyati Xitrino aholi punktida yuk poyezdi izidan çiqib ketgan. U propan-butan gazlari töldirilgan 26ta sisternani olib ketayotgan bölgan, deb xabar qilmoqda BTV telekanali.

«Kamida, 4 kişi halok bölgan, 20dan ortiq odam yaralangan», —deya öt öçiriş bölinmasi rahbari Nikolay Nikolov sözlarini keltiradi telekanal.

Aniqlanişiça, hodisa oqibatida bir neça bino qulagan, 12 kişi vayronalar ostidan olib çiqilgan. 

Jabrlanganlarning barçasi şifoxonaga yetkazilgani, voqea joyida öt öçiruvçilar va şifokorlar faoliyat yuritayotani xabar qilinmoqda.