Çempionlar ligasi guruh bosqiçida 10ta gol urib, eng yaxşi töpurar bölgan «Barselona» hujumçisi Lionel Messi darvoza sohasiga aniq zarbalar böyiça ham yetakçi böldi. U 13 marta aniq zarba yöllagan.
Bu borada ikkinçi natijani Karim Benzema («Real») Anxel Di Mariya va Edinson Kavani (ikkisi PSJ») bölişib oldi - 11ta zarba.
Keyingi natijalarni Kriştianu Ronaldu, Yannik Ferreyra-Karrasko, Per-Emerik Obameyyang va Ilkay Gundöğan qayd etdi - 10tadan zarba.
Darvoza sohasiga eng köp noaniq zarba bergan futbolçi Kriştianu Ronaldu böldi - 14 marta (10ta aniq zarbadan 2 gol urgan). Keyin Robert Levandovski (11), Edinson Kavani, Garet Beyl va Dele Alli (uçalasi - 10). Messi 7 marta noaniq zarba bergan.
Hammadan köp Ronaldu va Son Xin Minning zarbalari tösilgan - 9 martadan. Messining 3ta zarbasi himoyaçilar yoki darvozabon tomonidan tösib qöyilgan.
Darvoza tösini va ustunini hammadan ham köp Levandovski nişonga olgan - 3 marta. Uning ortidan Ronaldu, Kristian Pulişiç, Korenten Tolisso, Kostas Mitröğli va Tiago Silva örin olgan (barçasi - 2tadan).












